AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan “Tinchlik kengashi” nizomini imzolash tadbirida G‘azo sektori qayta qurilishini, u yerda aholi uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilishini ma’lum qildi.
Rejaga ko‘ra, kelgusi 10 yil ichida G‘azo sektorining yalpi ichki mahsuloti 10 milliard dollardan oshadi va 500 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, 5 milliard dollardan ortiq mablag‘ zamonaviy va ishonchli kommunal infratuzilma hamda jamoat xizmatlarini tashkil etishga yo‘naltiriladi.