AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning jamoasi Ukrainadagi mojaroni tugatishga qodirligini ma’lum qildi.
"Prezident Tramp saylovoldi tashviqoti paytida aytganidek, u tinchlikka erishish uchun ikkala tomonni birlashtirishi va mojaroni to‘xtatish va qotilliklarni to‘xtatish ustida ishlashi mumkin bo‘lgan yagona odamdir," - dedi CNN telekanaliga Trampning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Stiven Chung.
Telekanalning ta’kidlashicha, Chung Tramp va uning bo‘lajak maslahatchilari AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning Ukraina Qurolli Kuchlariga Rossiya hududiga uzoqqa otadigan qurollar bilan zarba berishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qaroridan oldindan xabardor bo‘lganmi, degan savolga javob berishdan bosh tortdi.