Bu haqda Axios yozmoqda.
Manbalarga ko‘ra, AQSh prezidenti bu hujumni shaxsan ma’qullagan, uning keyingi bayonotlari esa vaziyatni yumshatishga qaratilgan.
Eronning Qatardagi gaz ob’ektlariga bergan birinchi javob raketa zarbasidan so‘ng, Qatar rasmiylari amerikaliklar bilan bog‘lanib, AQSh bu hujum haqida oldindan bilgan yo bilmaganini aniqlashga harakat qilgan.
Stiv Uitkoff Qatar rasmiylari bilan bir necha marta muloqot qilib, Tramp va Qatar amiri o‘rtasida shoshilinch suhbat tashkil etgan. Eronning Qatardagi gaz ob’ektlariga ikkinchi raketa zarbasidan bir soat o‘tib esa, Tramp Isroil hujumi haqida ma’lumotga ega bo‘lmaganini ma’lum qilgan.
Axios yozishicha, aslida Binyamin Netanyahu bu zarbani Tramp bilan muvofiqlashtirgan holda amalga oshirgan. AQSh prezidentining maqsadi Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishga majburlash bo‘lgan.