Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Trampning boyligi uning “savdo tariflari” siyosati tufayli 500 million dollarga kamaydi — Forbes

 Trampning boyligi uning “savdo tariflari” siyosati tufayli 500 million dollarga kamaydi — Forbes

"Bunga Donald Trampga tegishli ochiq aksiyadorlik kompaniyalari hamda xususiy xoldinglar qiymatining pasayishi sabab bo‘lgan. AQSh prezidenti tomonidan deyarli barcha davlatlardan importga qo‘yilgan bojlar natijasida fond bozori aksiyalari qulay boshlagach, Trampning eng qimmatli aktivi bo‘lgan Trump Media and Technology Group kompaniyasi qiymati 2,2 milliard dollardan 2 milliard dollargacha tushib ketdi", deb yozadi Forbes.

Bundan tashqari, Trampning tijorat va ko‘chmas mulkdagi, kurortlar va ko‘ngilochar sanoatdagi ulushlari ham arzonlashdi. Prezidentga tegishli bo‘lgan obligauiyalar va aksiyalar qiymati ham kamaygan. Nashrning qayd etishicha, Tramp kriptovalyutalardagi sarmoyalari tufayli ham zarar ko‘rgan.

Savdo urushi boshlanishidan avval Forbes Trampning boyligini 4,7 milliard dollar deb baholagan edi. Hozir esa bu raqam 4,2 milliard dollarga tushib qolgan.

Kiritildi: 11:50 09.04.2025. O'qildi: 728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!