Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Trampning bayonotlaridan so‘ng arablar shoshilinch yig‘ilmoqda

Trampning bayonotlaridan so‘ng arablar shoshilinch yig‘ilmoqda

27 fevral kuni Qohirada Falastin masalasi bo‘yicha Arab davlatlari ligasining favqulodda sammiti o‘tkaziladi. Bu haqda Misr Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

"So‘nggi kunlarda o‘tkazilgan maslahatlashuvlar natijasida, ADLning favqulodda sammiti 27 fevral kuni Qohirada bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi," deya ta’kidlangan Misr tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan maxsus matbuot bayonotida.

Misr TIV sammitda "Falastin yo‘nalishidagi jiddiy xavf tug‘dirayotgan so‘nggi voqealar" muhokama qilinishi rejalashtirilganini, oliy darajadagi uchrashuv esa Falastinning iltimosiga ko‘ra o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Bir kun oldin Asharq Al-Awsat gazetasi manbalarga tayanib, G‘azodagi vaziyat bo‘yicha ADL sammiti o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Nashrning ta’kidlashicha, uchrashuvning asosiy maqsadi "falastinliklarni G‘azo sektoridan ko‘chirish rejalariga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish" va "anklavni tiklash rejalarini" muhokama qilishdan iborat bo‘ladi.

Kiritildi: 23:18 09.02.2025. O'qildi: 4779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!