Bu haqda NBC News ma’lum qildi.
"Hozircha AQSh va Rossiya prezidentlari o‘rtasida hech qanday muzokaralar rejalashtirilmagan", — deb xabar berdi NBC News telekanalining Oq uydagi ikki manbasi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Tramp kutilmaganda Putin bilan gaplashishga qaror qilishi mumkin. Biroq NBC News suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, unga Putin Rossiya-Ukraina urushida to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga roziligi haqida Oq uyga xabar bermaguncha qo‘ng‘iroq qilmaslik tavsiya qilingan.
Tramp 30 mart kuni Putin bilan shu hafta gaplashmoqchi ekanini aytgan edi.
3 aprel kuni Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan investision-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev Oq uy vakillari va AQShning respublikachi senatorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
NBC News manbalariga ko‘ra, bu uchrashuvlarda Ukrainadagi urushni to‘xtatish shartlari va Putinning talablari muhokama qilingan. Biroq Tramp ushbu muzokaralarda ishtirok etganmi yoki yo‘qmi — bu noma’lumligicha qolmoqda.