Ma’lum qilinishicha, Tramp harbiy pudratchilardan ishlab chiqarishni oshirishni talab qilgan. Shu bilan birga, u dividendlar to‘lash, aksiyalarni qaytarib olish hamda top-menejmentga beriladigan yuqori miqdordagi to‘lovlarni cheklashini bildirgan.
Mazkur choralar bozorda noaniqlikni kuchaytirgan. Natijada mudofaa sanoati kompaniyalari aksiyalari dastlab pasaygan. Biroq keyinchalik AQSh harbiy xarajatlari o‘sishi mumkinligi haqidagi kutilmalar aksiyalar qiymatining qisman tiklanishiga sabab bo‘lgan.