Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Trampni yana noto‘g‘ri tushunishdi

Trampni yana noto‘g‘ri tushunishdi

Oq uy Donald Tramp Ukrainaga Moskva va Sankt-Peterburgga zarba berishni taklif qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, Trampning so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilingan.

Reuters agentligi keltirgan Oq uy bayonotida aytilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Rossiya shaharlariga hujum qilishni buyurmagan.

«Prezidentning izohi noto‘g‘ri talqin qilingan. U shunchaki savol bergan, xolos», — deyiladi hujjatda.

Avvalroq Financial Times gazetasi 4 iyulda bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida Tramp Zelenskiydan Ukraina Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qiloladimi, deb so‘raganini yozgan edi. Nashrga ko‘ra, Zelenskiy shunday javob bergan: «Albatta. Agar qurol bersangiz, buni amalga oshirishimiz mumkin».

The Washington Post ham shunga o‘xshash ma’lumotni keltirdi. Unga ko‘ra, Tramp Ukraina haligacha nega yirik Rossiya shaharlariga zarba bermaganini so‘ragan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi esa, AQSh nashrlari orqali tarqalgan bu kabi ma’lumotlarni izohlar ekan, ularning aksariyati soxta bo‘lishini, ba’zida esa jiddiy ma’lumotlar ham chiqib ketishini tan oldi.

«Ba’zan bunday ma’lumotlar jiddiy bo‘ladi. Bizningcha, bu ishonchli manbalar bo‘lgan tahririyatlardan ham shunday ma’lumotlar chiqib turishi mumkin», — dedi u.

Kiritildi: 21:12 15.07.2025. O'qildi: 695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!