Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Trampga qarshi ish olib borgan prokuror Jek Smitga nisbatan tergov boshlandi

Trampga qarshi ish olib borgan prokuror Jek Smitga nisbatan tergov boshlandi

Donald Trampga qarshi jinoiy ish olib borgan sobiq prokuror Jek Smitga nisbatan tekshiruv boshlandi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Tergov tashabbuskori respublikachi senator Tom Kotton hisoblanadi. U Smitni 2024 yilgi prezidentlik saylovlari natijasiga ta’sir o‘tkazishga urinishda ayblagan. Tergov federal xodimlarining siyosiy maqsadlarda lavozimidan foydalanishni taqiqlovchi Hatch Act (Xetch akti) qonunining ehtimoliy buzilishi bilan bog‘liq.

Iyul oyida amaldagi prezident Donald Trampga qarshi jinoiy va ma’muriy ishlar olib borgan AQSh Adliya vazirligining 20 dan ortiq xodimi ishdan bo‘shatilgandi. Ular maxsus prokuror Jek Smit bilan birgalikda Trampga qarshi ikkita ish — maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlash va 2020 yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinish bo‘yicha ish olib borgan.

Kiritildi: 01:15 04.08.2025. O'qildi: 942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!