Bugun 6 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Trampga noxush syurpriz tayyorlandi

Trampga noxush syurpriz tayyorlandi

Demokrat qonunchilar AQSh prezidenti Donald Trampning bugun, 4 mart kuni Kongress oldida so‘zlaydigan nutqiga qarshi norozilik bildirishning turli usullarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Axios nashrga Vakillar palatasining bir nechta demokratlari ma’lum qildi.

"Biz hammamiz bu odatiy hol emasligini tan olamiz va noroziligimizni ifodalash yo‘lini topishni istaymiz," - dedi demokratlardan biri nashrga.

Kongress ichida ham, tashqarisida ham demokratlar o‘rtasida namoyishning qaysi shakli eng maqbul va ta’sirchan bo‘lishi borasida keng ko‘lamli fikr kelishmovchiliklari mavjud.

Ta’kidlanishicha, ba’zi qonun chiqaruvchilar Trampning nutqi uchun rekvizitlar tayyorlamoqda: plakatlar, tuxumlar yoki bo‘sh tuxum lotoklari (AQShda tuxum narxining oshishiga ishora), cho‘ntak konstitusiyalari (Tramp Konstitusiyani buzayotganiga ishora), shuningdek, xlopushkalar va qizil kartochkalar.

Bundan tashqari, demokratlar norozilik bildiruvchilarga Ukraina bayrog‘i rangidagi bo‘yinbog‘lar tarqatilishi mumkinligini aytishdi.

Kiritildi: 20:17 04.03.2025. O'qildi: 1748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!