Rossiyaga qarshi keskin siyosat tarafdorlari AQShda Trampni yangi sanksiyalar qabul qilishga majbur qilishi mumkin. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Telekanalning manbalariga ko‘ra, agar Senatdagi keskin choralar tarafdorlari Rossiya bilan savdo qilayotgan davlatlar uchun 500 foizlik bojlarni qabul qildirishga erishsa, prezidentning oldida “tanlov uchun yo‘l” qolmasligi mumkin.
Reuters'ning yozishicha, Tramp hanuz Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish umidida. Agentlikning Oq uydagi manbalarining so‘zlariga ko‘ra, aynan shu sababli Vashington hozircha Moskvaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etishdan tiyilmoqda.