Nashrni ukrainalik manbasining ma’lum qilishicha, 4 iyul kuni Zelenskiy bilan bo‘lgan suhbatda Tramp Ukraina urush taqdirini faqat mudofaa choralari bilan o‘zgartira olmasligini, Kiyev hujumga ham o‘tishi lozimligini aytgan.
"Tramp Zelenskiydan “Sizlar Moskvani yoki Sankt-Peterburgni bombardimon qila olasizlarmi?” deb so‘ragan. Zelenskiy esa: “Agar bizda buning uchun kerakli qurol bo‘lsa, shunday harakatlarni amalga oshira olamiz”, deb javob bergan", deya yozmoqda gazeta.
Avvalroq Oq uy Tramp Zelenskiyni Moskvaga va Sankt-Peterburgga zarba berishga undaganini rad etgandi.