Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp Zelenskiydan bunchalik norozi?

Tramp Zelenskiydan bunchalik norozi?

Tramp Zelenskiydan qattiq norozi, deb yozmoqda Axios.

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan qattiq norozi va u Amerika yordamini odatiy hol sifatida qabul qilmoqda, deb hisoblaydi. Bu haqda Axios nashri Oq uy vakiliga tayanib xabar berdi.

«Tramp juda g‘azabda. U Zelenskiy AQShning qo‘llab-quvvatlashini odatiy hol deb qabul qilmoqda, deb hisoblaydi», — dedi manba Axios nashriga.

Avvalroq, shanba kuni Tramp jurnalistlar bilan suhbatda Zelenskiy Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun ko‘p marta imkoniyatga ega bo‘lgani, ammo ulardan foydalanmaganini aytgan edi. Shuningdek, AQSh prezidenti Ukrainaga yangi rahbar kerakligini ta’kidlagan.

Zelenskiyning prezidentlik vakolati 2024 yil 20 mayda tugashi kerak edi. Biroq Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlik joriy etilgani sababli prezidentlik saylovlari bekor qilingan.

Kiritildi: 12:20 12.10.2026. O'qildi: 857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!