Donald Tramp yuqori malakali xorijlik mutaxassislarga AQShda ishlash va biznes yuritish imkonini beruvchi viza dasturini qo‘llab-quvvatladi.
The New York Post gazetasiga bergan intervyusida u "H-1B ga ishonishini" aytdi. Ushbu turdagi viza ixtisoslashgan ishlarni bajarish uchun Qo‘shma Shtatlarda ishlash uchun mutaxassislarga beriladi. Bular Amerikada martaba va yangi hayot qurish uchun minglab mutaxassislar tayanadigan "ish" va "biznes" vizalaridir.
Shu bilan birga, siyosatshunoslik professori Ron Xira Amerika Ovozi bilan suhbatda aytganidek, bu dastur mukammallikdan yiroq.
"H-1B dasturi qoidalar juda yomon yozilganligi ma’nosida keng suiiste’mol qilinadi, shuning uchun H-1B ishchilarining aksariyati kam maosh oladi va ish beruvchi ishchini nazorat qiladi, chunki ular osonlikcha ekspluatasiya qilinadi. Agar ish beruvchi sizni yetarlicha ishlamayotganligingizga qaror qilib, sizni ishdan bo‘shatib qo‘ysa, mamlakatni tark etishingizga to‘g‘ri keladi, bu ish beruvchiga katta kuch beradi”, dedi professor Ron Xira.