Bugun 8 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Tramp yo‘nalishi»ni ishga tushirish bo‘yicha texnik guruh tuzildi

«Tramp yo‘nalishi»ni ishga tushirish bo‘yicha texnik guruh tuzildi

AQSH, Armaniston va Ozarbayjon «Tramp yo‘nalishi»ni ishga tushirish bo‘yicha texnik guruh tuzdi.

AQSh Davlat departamentining ma’lum qilishicha, uch davlat vakillari transport va energetika loyihasining tafsilotlari ustida ish olib boradi. Yo‘nalishlarni chuqurroq ishlab chiqish maqsadida ikkita ixtisoslashgan kichik guruh shakllantiriladi.

Uzunligi 42 kilometrni tashkil etuvchi ushbu yo‘nalish Ozarbayjonning asosiy qismini Armaniston hududi orqali Naxichevan bilan bog‘lab, Turkiyaga olib chiqadi. Loyiha avtomobil va temir yo‘llar qurilishini, shuningdek, energetika infratuzilmasini yaratishni o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: 16:37 07.11.2026. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik