Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Tramp Yaqin Sharqdagi vaziyatni o‘nglashga va’da berdi

Tramp Yaqin Sharqdagi vaziyatni o‘nglashga va’da berdi

Rojdestvo bayrami munosabati bilan qilgan nutqida AQShning saylangan Prezidenti yangi ma’muriyat kelasi oy Oq uy boshqaruvini qo‘lga olgandan keyin tashqi siyosatda hal qilinadigan ba’zi ustuvor yo‘nalishlarni oshkor qildi.

“IRNA news” yozishicha, Donald Tramp Ukrainadagi urushni to‘xtatib, Yaqin Sharqdagi taranglikni bartaraf etish va Uchinchi jahon urushi xavfi paydo bo‘lishining oldini olishga va’da bergan.

– Biz ahmoqona xorijiy urushlarda Amerika ishtirokini to‘xtatamiz, – dedi Tramp.

U AQSh harbiylariga “Amerika osmonini himoya qilish uchun Temir gumbaz tizimi yaratish” buyurilganini ham qo‘shimcha qildi.

Qo‘shma Shtatlarning yangi rahbari Yaqin Sharqqa ham jiddiy e’tibor qaratib, ba’zi arab yetakchilari bilan uchrashishga ulgurdi. Shuningdek, Bayden ma’muriyatini tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatsizligi uchun qayta-qayta ayblab, “Amerika uchun oltin asr kirib kelmoqda” deya xitob qildi.

Kiritildi: 18:20 23.12.2024. O'qildi: 470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!