Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Yaqin Sharq davlatlarining Eron bilan muzokaralar boshlash bo‘yicha takliflarini rad etdi —Reuters

Tramp Yaqin Sharq davlatlarining Eron bilan muzokaralar boshlash bo‘yicha  takliflarini rad etdi —Reuters

Agentlikning ma’lum qilishicha, Oq uyning yuqori lavozimli amaldori Tramp barcha muzokara tashabbuslarini rad etganini va asosiy e’tiborni Eronning harbiy salohiyatini yanada zaiflashtirish maqsadida urushni davom ettirishga qaratganini tasdiqladi.

Shu bilan birga, ikki nafar yuqori lavozimli eronlik amaldor nashrga Eron AQSh va Isroil zarbalari to‘xtamaguncha o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasligini bildirdi. Ularga ko‘ra, mojaroni hal qilish uchun bir necha davlatlar vositachilik qilishga urinib ko‘rgan.

Reuters manbalariga ko‘ra, muzokaralarda avval ham vositachilik qilgan Ummon bir necha bor tomonlar o‘rtasida muloqotni tiklashga harakat qilgan. Biroq Oq uy bunday tashabbusga qiziqish bildirmagan.

Eronlik manbaning aytishicha, mamlakatning xavfsizlik masalalari bo‘yicha bosh vakili Ali Larijoniy va tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ham Ummon orqali o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni tashkil etishga urindi. Ushbu muzokaralarda Jey Di Vens ishtirok etishi mumkin edi, biroq bu uchrashuv amalga oshmagan.

Tramp Eron bilan faqat uning taslim bo‘lishi haqidagi kelishuvdan boshqa hech qanday bitim tuzilmasligini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 18:00. O'qildi: 439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!