Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp yangi bojlar to‘lqinini e’lon qildi

Tramp yangi bojlar to‘lqinini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin haftalar ichida Vashington bilan savdo bitimlarini imzolamagan davlatlarga Amerika bozorida faoliyat yuritish uchun bojlar miqdori haqida xabar berila boshlanishini ma’lum qildi.

"Bizda bir vaqtning o‘zida 150 ta mamlakat bitim tuzishni istayapti, ammo ularning barchasi bilan uchrashish imkonsiz. Shu sababli, taxminan ikki haftadan so‘ng, Skott [Bessent] va Govard [Latnik] xat yuborishni boshlaydi deb o‘ylayman," - dedi Tramp Abu-Dabidagi ishbilarmonlik uchrashuvida.

Siyosatchining aytishicha, AQSh adolatli bo‘lib, Amerika bozoriga kirish uchun qancha to‘lash kerakligini ma’lum qiladi.

Avvalroq joriy etilgan bojlar bo‘yicha 90 kunlik muhlat mamlakatlarga muzokaralar olib borish uchun berilgan edi. Tramp ta’kidlaganidek, kelishuvlar tuzish sur’ati yetarli emas, shu bois AQSh bilan bitimlar imzolamagan mamlakatlarga nisbatan standart bojlar (50 foizgacha) qo‘llaniladi.

Kiritildi: 22:44 16.05.2025. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!