Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp yana to‘rt yil AQSh prezidenti lavozimida qolishga tayyorligini ma’lum qildi

Tramp yana to‘rt yil AQSh prezidenti lavozimida qolishga tayyorligini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp yana bir muddat o‘z lavozimida qolish istagini bildirdi. Bu haqda u Ogayo shtatida Respublikachilar partiyasining saylovoldi mitingida ma’lum qildi.

Ogayo shtatidagi Respublikachilar partiyasi mitingi davomida tomoshabinlar "Yana to‘rt yil" deb hayqirib, Respublikachilar partiyasi rahbarini prezidentlik kursisida va undan keyin ko‘rishni istashlariga ishora qilishdi. Tramp bunga javoban buni bajonidil qilishini bildirdi.

Shuningdek, u noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Kongressga oraliq saylovlarda Respublikachilar g‘alaba qozonsa, Qo‘shma Shtatlarga misli ko‘rilmagan iqtisodiy muvaffaqiyat keltirishini va’da qildi.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Konstitusiyasi bir kishining ikki muddatdan ortiq AQSh prezidenti lavozimida bo‘lishini taqiqlaydi

Kiritildi: 20:48 13.10.2026. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!