Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Xitoyga sun’iy intellekt chiplarini sotishga ruxsat berdi

Tramp Xitoyga sun’iy intellekt chiplarini sotishga ruxsat berdi

Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Xitoy armiyasi sun’iy intellekt chiplaridan foydalanishi xavfi mavjudligiga qaramay, Pekinga Nvidia H200 chiplarini sotishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.

Tramning so‘zlariga ko‘ra, u Xitoyga chiplarni 25 foizlik boj evaziga sotishga rozi bo‘lgani va Si Jinpin bu qarorni ijobiy qabul qilganini bildirdi. AQSh prezidentining e’loni ortidan Nvidia kompaniyasi aksiyalari darhol 2 foizga oshgan.

Trampning aytishicha, Nvidia H200 chiplari Xitoy va boshqa davlatlardagi tasdiqlangan mijozlarga yetkaziladi hamda kuchli milliy xavfsizlik choralariga rioya qilinadi. Shu bilan birga, prezident bu jarayon orqali Amerika xavfsizligiga putur yetmasligiga ishonishini ta’kidladi.

"Biz milliy xavfsizlikni himoya qilamiz, Qo‘shma Shtatlarda ish o‘rinlarini yaratamiz va sun’iy intellekt sohasida Amerika yetakchiligini saqlab qolamiz. Nvidia'ning Qo‘shma Shtatlardagi mijozlari allaqachon o‘zlarining yuqori darajada ilg‘or Blackwell chiplari ustida ishlashmoqda, tez orada Rubin ham chiqariladi. Ularning hech biri ushbu kelishuv tarkibiga kirmaydi. Mening ma’muriyatim doimo Amerikani birinchi o‘ringa qo‘yadi", — deya qo‘shimcha qildi Oq uy rahbari.

Kiritildi: 21:35 09.12.2025. O'qildi: 962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!