Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp: "Kuba hukumati qulash arafasida turibdi"

Tramp: "Kuba hukumati qulash arafasida turibdi"

AQSh prezidenti Donald Tramp Kuba hukumati daromad yetishmasligi sababli qulash arafasida ekanini aytdi.

"O‘ylaymanki, siz Kuba qulashga tayyorligini ko‘ryapsiz. Kuba qulashga tayyordek ko‘rinadi. Ular qanday dosh berishlarini yoki chidashadimi, bilmayman", dedi Tramp.

Unga ko‘ra, Kuba hozirda hech qanday daromadga ega emas. "Ular barcha daromadlarini Venesuela neftidan olayotgan edilar, endi esa boshqa olishmayapti. Kuba esa tom ma’noda qulashga tayyor", - deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Vashingtonning Gavanaga qarshi ehtimoliy harbiy harakatlari haqidagi savolga javob berar ekan, Tramp bunday harakat zarurligiga ishonmasligini aytdi. "Menimcha, u shunchaki qulaydi. Menimcha, hech qanday chora ko‘rish kerak emas, shunchaki qulab ketadiganga o‘xshaydi", - deydi u.

Kiritildi: 11:45 05.01.2026. O'qildi: 1425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!