AQSh prezidenti Donald Tramp Venesueladagi operasiyaga ko‘plab samolyotlar va vertolyotlar jalb qilinganini, harbiylar qurbonlari yo‘qligini ta’kidladi.
Oq uy rahbari bu haqda Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Ushbu operasiyaga ko‘plab vertolyotlar, ko‘plab samolyotlar, ko‘plab odamlar jalb qilindi. Lekin birorta ham texnika yo‘qolmadi, birorta ham harbiy xizmatchi halok bo‘lmadi", - dedi Tramp.