Bugun 8 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp va Vens sahna ortida Eron bilan urushni to‘xtatish uchun birgalikda harakat qilmoqda

Tramp va Vens sahna ortida Eron bilan urushni to‘xtatish uchun birgalikda harakat qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp va vise-prezident Jey Di Vens o‘rtasidagi oshkora kelishmovchiliklarga qaramay, Oq uy sahna ortida Eron bilan urushni tugatish bo‘yicha birgalikda ish olib bormoqda. Harbiy yechimga qarshi deb hisoblangan Vens oxirgi ikki hafta davomida Tehron bilan o‘tkazilayotgan bilvosita muzokaralarda shaxsan ishtirok etmoqda.

Axios manbalariga ko‘ra, vise-prezident deyarli har kuni Qatar bosh vaziri Muhammad ben Abdulrahmon Al Taniy, Pokiston armiyasi rahbari Osim Munir va boshqa vositachilar bilan muloqot qilmoqda. Muzokaralarda Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va uning kuyovi Jared Kushner ham qatnashmoqda.

Taxminan ikki hafta oldin Vens Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Mohsen Rizoiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlashni taklif qilib xat yuborgan. Eron rasmiylariga ko‘ra, bu diplomatik harakatlarga yangi impuls bergan. Tomonlar allaqachon vakillarning ehtimoliy uchrashuvini muhokama qilishmoqda, biroq u hali to‘liq kelishilgani yo‘q.

Tramp, o‘z navbatida, diplomatik harakatlar uchun vaqt ajratdi. Juma kuni u AQShning Eron bilan muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi va Qatar amiri bilan vositachilik masalasini shaxsan muhokama qildi. Shu bilan birga, AQSh prezidenti harbiy bosim o‘tkazish variantidan to‘liq voz kechganicha yo‘q.

Kiritildi: 21:18 07.11.2026. O'qildi: 463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik