AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh va Xitoy delegasiyalari o‘rtasida Shveysariyada o‘tadigan savdo muzokaralaridan so‘ng Xitoy raisi Si Szinpin bilan telefon orqali suhbat o‘tkazishi mumkinligini ma’lum qildi.
«Ha, albatta», — dedi Tramp Oq uyda jurnalistlar savoliga javoban. Undan «Shveysariyadagi muzokaralardan so‘ng ikki davlat rahbarlari o‘rtasida telefon suhbati bo‘ladimi?» deb so‘raldi. «Bu [AQSh moliya vaziri] Skott [Bessent] nima deyadi — shunga bog‘liq», — dedi Tramp.
Ma’lumot uchun, Xitoy Davlat kengashi raisining o‘rinbosari Xe Lifen 9 maydan 12 maygacha Shveysariyaga tashrif buyuradi. U yerda AQSh moliya vaziri Skott Bessent va AQShning savdo bo‘yicha muzokaralar vakili Jeymison Grir bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.