Marko Rubioning boshqa bayonotlari:
◾️ Prezident Tramp yaqin ikki-uch kun ichida Putin bilan telefon orqali suhbatlashishi mumkin, ammo bu qo‘ng‘iroq hali rejalashtirilmagan;
◾️ Donald Tramp yaqin 24–36 soat ichida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish imkoniyati haqida qaror qabul qiladi. Moskva bilan muzokaralardagi ilgarilashga qaramay, Tramp payshanba kuni Rossiyaga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar joriy etish niyatida;
◾️ Ukraina bo‘yicha muzokaralarning ma’lum bir bosqichida otashkesim rejimi e’lon qilinishi kerak;
◾️ Vashington Ukrainadagi mojaroni tugatishga oldingi davrlarga nisbatan yaqinroq;
◾️ Tramp va Putin uchrashuvi Rossiya va Ukraina pozisiyalarining yaqinlashuv darajasiga bog‘liq bo‘ladi;
◾️ Ukraina mojarosini hal etishda hududiy masalalar "asosiy elementlar" bo‘lib xizmat qiladi;
◾️ Yaqin kunlarda AQSh Yevropa va Ukraina bilan muzokaralar olib boradi, maqsad — Kiyev va Moskva pozisiyalarini yaqinlashtirishni tezlashtirishga erishish.