AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda isroillik manbaga tayanib, CNN telekompaniyasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, suhbat Amerika prezidenti va uning eng yaqin maslahatchilari uchrashuvi boshlanishidan oldin bo‘lib o‘tgan.
Rahbarlarning muzokaralari natijalari haqida ma’lumot berilmagan.