AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda Isroil bosh vazirining idorasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, suhbatning asosiy mavzulari G‘azo sektoridagi garovga olinganlarni ozod qilish, HAMASni yo‘q qilish va Trampning Falastin anklavini o‘zgartirish rejasini ilgari surish bo‘lgan.
Liderlar 22 may kuni Vashingtonda Isroil elchixonasi xodimlarining o‘ldirilishini ham muhokama qildi. Donald Tramp voqea yuzasidan hamdardlik bildirdi.
Shu bilan birga, Tramp Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligini ta’minlash zarurligiga ham rozi bo‘ldi.