AQSh prezidenti Donald Tramp turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan 25 sentyabr kuni Oq uyda uchrashishini ma’lum qildi.
AQSh yetakchisi bu haqda Truth Social nashrida yozdi.
"Turkiya prezidenti va men ko‘plab savdo va mudofaa shartnomalari ustida ishlayapmiz, jumladan, Boeing samolyotlarini yirik xarid qilish, yirik F-16 shartnomasi va F-35 bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish, biz ijobiy yakunlanishini kutmoqdamiz", dedi u.
Tramp har doim "Prezident Erdo‘g‘an bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lganini" qo‘shimcha qildi.