Tramp o‘zining agressiv savdo tariflariga oid harakatlari bilan AQSh dollariga bo‘lgan ishonchni jiddiy ravishda susaytirdi. Bu fikrni Fransiya Moliya vaziri Erik Lombard bildirdi.
Uning fikricha, agar prezident Donald Tramp AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) rahbari Jerom Pauellni lavozimidan bo‘shatsa, bu ishonchga yanada kuchliroq zarar yetadi.
"Buni ayniqsa obligasiyalar bozori rivojini hisobga olgan holda kuzatishimiz mumkin. Natijada Qo‘shma Shtatlar davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining oshishi va “mamlakat iqtisodiyotida chuqur tartibsizlik” bilan to‘qnash keladi", — deya qo‘shimcha qildi Lombard.
Politico nashrining xabar berishicha, AQSh moliya vaziri Skott Bessent ham norasmiy tarzda Oq uyni FZT rahbarini lavozimidan bo‘shatishga urinishlari moliya bozorlarini beqarorlashtirishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
"Menimcha, Tramp anchadan beri Pauellning harakatlaridan norozi, lekin uni lavozimidan bo‘shatmaydi", — deya fikr bildirdi Politico'ning ismini oshkor etmagan manbasi.