Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Tramp o‘ziga kimni vise-prezident qilmoqchi?

Tramp o‘ziga kimni vise-prezident qilmoqchi?

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakat yetakchisi lavozimi uchun kurashda o‘zining vise-prezidenti bo‘lishga ehtimoliy nomzodlarni sanab o‘tdi. U 6 nafar siyosatchini nomladi, deb xabar berdi Fox News nashriga tayanib «Interfaks».

«To‘g‘risini aytsam, bu odamlarning barchasi yaxshi. Ular yaxshi, ishonchli odam», dedi u telekanalga bergan intervyusida.

Ro‘yxatga Trampning respublikachilar praymerizidagi sobiq raqiblari – Florida gubernatori Ron DeSantis, senator Tim Skott va tadbirkor Vivek Ramasvami kiritildi. Tramp, shuningdek, Janubiy Dakota gubernatori Kristi Noem, Vakillar palatasi a’zosi Bayron Donalds va 2022 yilda Demokratik partiyani tark etgan sobiq vakil Tulsi Gabbardni ham vise-prezident lavozimiga salohiyatli nomzodlar deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, partiya ichidagi saylovlar iyun oyida yakunlanadi. Prezidentlikka nomzod e’lon qilinadigan Respublikachilar partiyasining qurultoyi iyul oyida bo‘lib o‘tadi.

AQSh prezidenti saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan

Kiritildi: 00:58 22.02.2024. O'qildi: 6352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!