Eurasianet nashrining yozishicha, Donald Tramp AQShning Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan birinchi prezidenti bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Amerika yetakchisini Toshkentga taklif qilgan edi. Bundan tashqari O‘zbekiston tomoni bir necha bor taklifnoma ham yo‘llagan. Ularni Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegasiya Oq uyga shaxsan topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Mirziyoyev Vashingtonda Tramp bilan uchrashgan va o‘shanda AQSh prezidenti uni “juda hurmatli inson” deb atagan edi.