"Ular (demokratlar) menga nisbatan Rossiyaning do‘sti bo‘lganimni, Rossiya uchun ishlaganimni, hatto rossiyalik josus bo‘lganimni aytishni yaxshi ko‘rishadi. Bu odamlar kasal", – dedi AQSh prezidentligiga nomzod Taker Karlson bilan suhbatda.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning Rossiya bilan aloqasi haqidagi mish-mishlar 2016 yilda Hillari Klintonga qarshi saylovda g‘alaba qozonganida demokratlar tomonidan o‘ylab topilgan.
Shuningdek, Tramp “Shimoliy oqim–2” gaz quvuri qurilishiga to‘sqinlik qilganini aytdi. Bundan tashqari, uning maqsadi – Xitoy va Rossiyani bo‘lib tashlash ekanligini aytgan.