Bu haqda Kyiv Post nashri xabar bermoqda.
Donald Tramp Bayden davrida Ukrainaning harbiy harakatlariga qo‘yilgan barcha cheklovlarni, jumladan, Rossiya hududiga zarba berishni taqiqlashni “jiddiy o‘ylab ko‘rmoqda”. Bu haqda Ukrainaning Kyiv Post nashri manbalarga tayanib yozmoqda.
"Avval kiritilgan barcha cheklovlar, hozirgi holatidan qat’i nazar, hozir ko‘rib chiqilmoqda, chunki prezidentning fikricha, hozirgi holat Rossiyani muzokaralarga yaqinlashtirishga yordam bermaydi", dedi nashr manbalaridan biri.
Shu hafta Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan AQSh va Germaniya muzokaralarida Rossiyani "jazolash" va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish mavzusi ham ko‘tarilishi kutilmoqda.