Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp Ukrainaning muzokaralardagi pozisiyasini zaiflashtirmoqda

Tramp Ukrainaning muzokaralardagi pozisiyasini zaiflashtirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiya bilan muzokaralarda Ukrainaning pozisiyasini zaiflashtirmoqda.

Bu haqda Business Insider yozmoqda.

Maqolada ta’kidlanishicha, xalqaro hamkorlar yordamisiz Ukraina bu qadar katta hududni ushlab tura olmagan bo‘lardi, biroq “o‘sha hamkorlar ko‘pincha uni jang maydonidami yoki muzokaralar stolidami, qiyin ahvolga solib qo‘yishadi”.

Tramp tufayli Kiyev pozisiyasining yomonlashganiga misol sifatida nashr jurnalistlari Ukrainaga uning mineral resurslaridan foydalanish huquqini AQShga o‘tkazish masalasida bosim, Yevropa Ittifoqining Ukraina bo‘yicha muzokaralar ishtirokchilari qatoridan chiqarilishi, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishdan bosh tortgani va Ukrainaga Amerika ma’lumotlarini taqdim etishdan voz kechishini keltirishdi.

Rossiya qo‘shinlarining hujumi davom etayotgan bir paytda Ukraina energetika ob’ektlariga hujumlarni to‘xtatishga rozi bo‘lishdan tashqari, Rossiya Ukraina yoki AQShga deyarli hech qanday yon bermagani ta’kidlanadi.

Kiritildi: 09:33 22.03.2025. O'qildi: 1160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!