Vladimir Putin bu haqda 27 mart kuni tunda “Arxangelsk” atom suv osti kemasining dengizchilari bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi.
"Aslida, BMT, AQSH, Yevropa davlatlari va, albatta, bizning hamkorlarimiz va do‘stlarimiz bilan Ukrainada vaqtinchalik boshqaruv joriy etish imkoniyatini muhokama qilish zarur. Bu demokratik saylovlar o‘tkazish, xalq ishonchiga sazovor va layoqatli hukumatni hokimiyatga olib kelish uchun zarur. Shundan keyin ular bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar boshlash mumkin bo‘ladi", — dedi Putin.