Energetika vazirligiga ko‘ra, jarayon nazorat ostida amalga oshirilgan va oqibatda hech kim jabrlanmagan.
Atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish va atrof-muhitga yetkaziladigan zararni kamaytirish maqsadida quduq yoqilgan.
“Ayni paytda kerakli chora-tadbirlar zarur texnika hamda uskunalardan samarali foydalangan holda olib borilmoqda. Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha choralar kuchaytirilgan”, deyiladi vazirlik bayonotida.