Zelenskiy Putin bilan muzokaralar haqida o‘z fikrini bildirdi.
Ukraina prezidenti Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralardan qo‘rqmasligini aytdi, biroq uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbari bunga tayyor emas.
"Putin urushni istaydi. Urushni istayotgan odam tinchlik bo‘yicha muzokaralarda nima deyishi mumkin? Meni uning Qrimdagi bali, qizil ikrasi va shunga o‘xshash narsalar qiziqtirmaydi. Bilmayman, ehtimol u yana kimnidir hayratda qoldira olar. Lekin men uchun ular – dinozavrlar. Tushunasizmi, ular shunchaki bizni yeb qo‘ymoqchi. Biz esa himoyalanishimiz va huquqlarimizni himoya qilishimiz kerak", — deya fikr bildirdi Ukraina yetakchisi.
Zelenskiy, shuningdek, Putin bilan gaplashishga arzirli mavzu yo‘qligini qo‘shimcha qildi.