Tramp Ukrainaga yordamni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma bergani yo‘q. Bu buyruq Pentagon rahbari Xegset idorasidan keldi va Oq uy uchun kutilmagan bo‘ldi, deya xabar beradi Reuters.
Xabar qilinishicha, AQSh prezidenti Xegsetning buyrug‘idan bexabar bo‘lgan. Hisobotga izoh berishni so‘ragan Oq uy Reuters agentligiga Xegset shunchaki Trampning ko‘rsatmalariga amal qilganini aytgan.
Keyinchalik yordam tiklandi. Oq uy, Pentagon va Davlat departamentidagi yuqori martabali amaldorlar aniq javob bera olishmadi. Tramp Xegsetni so‘roq qilganmi yoki unga tanbeh berganmi, noma’lum.