“Rossiya butun Yevropaga tahdid solmoqda.
Agar biror davlat qo‘shni mamlakatga bostirib kirib, jazolanmasa, hech kim o‘z xavfsizligiga ishonch hosil qila olmaydi.
Men AQSh bizning tomonimizda qolishiga ishonmoqchiman, ammo ularning qo‘llab-quvvatlashi to‘xtasa, biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerak.
Biz Ukrainada tinchlik rejasini ishlab chiqdik.
Bizning armiyamiz Yevropadagi eng jangovar kuchga ega va yadroviy qurolimiz bizning himoyamizni kafolatlaydi.
Evropa qo‘shinlarini Ukrainaga joylashtirish ehtimoli mavjud.
Biz Fransiyaning yadroviy qurolini butun Yevropa Ittifoqini himoya qilish uchun qo‘llash masalasini muhokama qilishni boshlaymiz.
2030 yilga kelib, Rossiya 3 million askarni safarbar qilish va 4000 tank ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.”