Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Ukrainaga yordam beradi, Mask esa Yevropada demokratiyaga tahdid solmoqda — Olaf Shols

Tramp Ukrainaga yordam beradi, Mask esa Yevropada demokratiyaga tahdid solmoqda — Olaf Shols

Germaniya kansleri Donald Trampning 20 yanvarda bo‘lib o‘tadigan inaugurasiyasidan keyin AQSh Kiyevga harbiy yordamni to‘xtatishini kutmasligini bildirdi. Sholsning matbuotga ma’lum qilishicha, u Qo‘shma Shtatlarda prezidentlik saylovi o‘tkazilganidan so‘ng Tramp bilan ikki marta suhbatlashgan.

Kansler shuningdek, amerikalik milliarder Ilon Maskning pozisiyasi haqida ham fikr bildirdi.

"Mask butun Yevropada – Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa ko‘plab davlatlarda o‘ta o‘ngchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu mutlaqo nomaqbul harakat, u Yevropada demokratik rivojlanishga tahdid solmoqda", – dedi Germaniya hukumati rahbari.

Avvalroq Mask Germaniya siyosatchilarini, jumladan Sholsni keskin tanqid qilgan edi.

Kiritildi: 18:32 17.01.2025. O'qildi: 1480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!