Nashr sharhlovchi Devid Ignatiusning manbalarga tayanib yozishicha, AQSh prezidenti Ukrainaga Tomahawk raketalarini yuborish masalasini muhokama qilgan. Biroq yakunda ushbu raketalar Kiyevga yetkazib beriladigan qurollar ro‘yxatiga kiritilmagan. Tomahawk raketalari Ukraina hududidan uchirilganda Moskva va Sankt-Peterburggacha yetib borish imkoniga ega.
Ignatiusga ko‘ra, o‘tgan haftada Tramp Zelenskiydan: "Nega Moskvaga zarba bermadingiz?", deb so‘ragan. Zelenskiy esa "Agar siz bizga buning uchun zarur qurollarni bersangiz, biz buni amalga oshiramiz", deya javob bergan.
Maqolada, shuningdek, hozirda Ukrainaga ATACMS raketalarini yetkazib berish imkoniyati ham ko‘rib chiqilayotgani qayd etilgan.