Hozircha Vashington Ukrainaga raketalarni ishlab chiqarish uchun zarur lisenziyani rasman bergani yoki Tramp faqat prinsipial roziligini bildirgani aniq emas.
Tramp iyul oyi boshida AQSh Ukrainaga Patriot tizimlarini ishlab chiqarish huquqini berishini aytgan edi. Biroq keyinchalik u bu masalada ehtiyotkorroq bayonotlar bergan.