AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida shu haftada o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi o‘rnatilishini kutayotganini aytdi.
Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
"Men bu sodir bo‘lishini xohlayman va keyingi hafta emas, balki shu hafta amalga oshirilishini xohlayman, shuning uchun biz ikkinchi uchrashuvni tashkil qilishimiz mumkin", dedi u.
Amerika rahbari, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralari natijalari salbiy bo‘lsa, mojaroni hal qilish bo‘yicha vositachilik urinishlaridan voz kechishini ta’kidladi.