Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Tramp Ukraina va G‘azoga tinchlik olib keladimi?

Tramp Ukraina va G‘azoga tinchlik olib keladimi?

Donald Tramp o‘zining “Art of Deal " yondashuvini qayta tiklashga intilmoqda va dunyoda tinchlik o‘rnatishni maqsad qilgan, deb yozadi Politico Respublikachilar jamoasi rasmiylariga tayanib. Biroq, nashrning qayd etishicha, Trampning Rossiya va Ukraina, Isroil va Falastinni yarashtirish tashabbuslariga urushayotgan tomonlar javob topishi ehtimoli juda kichik. Mana, Trampning va’dalarini bajarishni ancha qiyinlashtirgan global sahnadagi uchta asosiy o‘zgarish.

Rossiya Ukrainadagi urushni kuchaytirmoqda

Trampning Ukrainadagi urushni «24 soat ichida» tugatish haqidagi va’dasi ham Kiyev, ham Moskva tomonidan jiddiy to‘siqlarga duch kelmoqda. Ukraina tomoni hududiy imtiyozlar orqali tinchlikka qarshi. Umuman olganda, Rossiya Trampning yondashuvidan mamnun, biroq Moskva nafaqat Rossiya armiyasi so‘nggi 2,5 yillik urush davomida bosib olishga muvaffaq bo‘lgan hududlarni, balki ularning ma’muriy chegaralaridagi butun Donesk va Lugansk viloyatlarini ham o‘zi uchun savdolashmoqchi. Trampning oldingi pozisiyasiga qaramay, respublikachilarning Ukraina tarafdorlari hamon kuchli, masalan, senator Marko Rubio Rossiyaga har qanday erta imtiyozlarga to‘sqinlik qilishi mumkin, deya qayd etadi Politico.

Isroil imtiyozlarga qarshi va G‘azoni anneksiya qilmoqchi

Washington Post gazetasining yozishicha, Tramp oktabr oyida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning G‘azo va Livandagi harbiy rejalarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Biroq Netanyaxuning G‘arbiy Sohilni anneksiya qilishga bo‘lgan intilishi mojaroni cho‘zishi, Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarning normallashuvini kechiktirishi va mintaqaviy beqarorlikni kuchaytirishi mumkin.

Netanyaxu 2019 yilda Iordaniya vodiysini (O‘lik dengiz bo‘ylab G‘arbiy Sohilning bir qismi) anneksiya qilish rejasini e’lon qilganida Tramp ma’muriyati ko‘z yumishni tanladi. Tramp AQSh elchixonasini Quddusga ko‘chirdi va bosib olingan Golan tepaliklarini Isroil hududi deb tan oldi (BMT va butun xalqaro hamjamiyat qarshiliklariga qaramay).

Bu safar Tramp ham aralashib, Isroilning G‘arbiy Sohilni anneksiya qilishini to‘xtata olmaydi.

Eronning yadroviy dasturi rivojlanishda davom etmoqda

Tramp yadroviy kelishuvdan chiqqan 2018 yilga qaraganda, Eron endi yadroviy qurol yaratishga ancha yaqinroq. Sanksiyalarni qayta tiklash rejalariga qaramay, Tehronning Isroilning so‘nggi hujumlari tufayli kuchaygan yadroviy qurolga intilishi Trampga Eron ambisiyalariga ta’sir qilish imkoniyatlarini cheklab qo‘yishi mumkin.


Kiritildi: Bugun 03:04. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!