G‘arb OAVlari ushbu rejaga oid quyidagi asosiy tafsilotlarni keltirmoqda:
▪️AQSh va qator davlatlar Qrim hamda Donbassni Rossiya hududi sifatida tan oladi.
▪️ Ukraina AQShdan xavfsizlik kafolatlari evaziga Donbassning nazorat ostidagi qismini Rossiyaga topshiradi.
▪️Zaporojye va Xerson viloyatidagi front chiziqlari muzlatib qo‘yiladi.
▪️ Ukraina o‘z qurolli kuchlari sonini 2,5 barobar kamaytiradi.
▪️Kiyev Rossiya hududiga zarba berish imkonini beradigan G‘arbning uzoq masofali qurollarini olmaydi.
▪️Rus tili Ukrainada davlat tili maqomini oladi.
▪️Ukraina kamida bir necha yil davomida NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishga rozi bo‘ladi.