AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat “to‘liq tiklanishi” uchun barcha “uchinchi dunyo” davlatlaridan migrasiyani butunlay cheklashni maqsad qilganini ma’lum qildi.
Tramp Truth Social’dagi chiqishida AQShning ilg‘or texnologiyalari va salohiyatiga qaramay, hozirgi immigrasiya siyosati “bu yutuqlarga putur yetkazayotganini” ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika manfaatiga xizmat qilmaydigan va mamlakatga sodiq bo‘lmaganlar qaytarib yuboriladi.
Prezident Bayden ma’muriyati davrida “noqonuniy ravishda qabul qilingan” deb baholagan mu immigrantlarni qabul qilishni ham to‘xtatishini bildirdi. Shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tegishli barcha federal imtiyozlar bekor qilinishi aytildi.
“Xavfsizlikka tahdid solayotgan yoki G‘arb sivilizasiyasiga moslasha olmaydigan barcha xorijliklar mamlakatdan chiqariladi”, — dedi Tramp.