Bugun 5 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp uch davlat bilan savdo urushini boshladi

Tramp uch davlat bilan savdo urushini boshladi

Prezident Donald Tramp seshanba kuni Meksika va Kanadadan AQShga kiritiladigan tovarlarga 25 foizlik yangi bojlar joriy etdi.

Tariflar 4 mart kuni tongda, Tramp bu mamlakatlar AQShga kirib kelayotgan fentanil va uning kimyoviy tarkibiy qismlari oqimini to‘xtatish uchun yetarli chora ko‘rmaganini aytganidan bir necha soat o‘tgach kuchga kirdi.

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo Ottava darhol 30 milliard Kanada dollari (20,7 milliard AQSh dollari) miqdoridagi Amerika importiga 25 foizlik bojlar bilan javob berishini, shuningdek, agar Tramp o‘z choralarini bekor qilmasa, 21 kundan so‘ng 125 milliard Kanada dollari (86,2 milliard AQSh dollari) qiymatidagi tovar oqimlariga qo‘shimcha bojlar joriy etishini ma’lum qildi.

Tryudoning oldingi bayonotlariga ko‘ra, Kanada chegarasidagi yig‘imlar AQShdan kiritiladigan pivo, vino, burbon, maishiy texnika va Floridada ishlab chiqarilgan apelsin sharbatiga taalluqli bo‘ladi. "Bojlar juda muvaffaqiyatli savdo munosabatlarini vayron qiladi", dedi Tryudo.

Kanada Ontario viloyati bosh vaziri Dag Ford NBC telekanaliga javob chorasi sifatida AQShga nikel yetkazib berishni va elektr energiyasi uzatishni to‘xtatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Iqtisodiyot vazirligining xabar berishicha, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum seshanba kuni ertalab Mexiko shahrida o‘tkaziladigan matbuot anjumanida javob choralarini e’lon qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 22:56 04.03.2025. O'qildi: 1661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!