AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Medicare va Medicaid markazi (davlat organi) raisligiga asli turkiyalik bshlgan shifokor va teleboshlovchi Mehmet O‘z nomzodini ilgari surdi.
Bu haqda siyosatchi Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
"Men doktor O‘zni ko‘p yillardan beri bilaman va ishonchim komilki, u Amerikada hamma eng yaxshi tibbiy yordam olishi uchun kurashadi, shunda bizning mamlakatimiz yana buyuk va sog‘lom bo‘ladi!"
E’tibor bering, O‘z yurak jarrohi va teleboshlovchi. U Trampning ko‘magi bilan 2022 yilda Pensilvaniya shtatidan Senatga o‘z nomzodini qo‘ygan, biroq uning urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlangan.