Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp To‘qayev va Mirziyoyev bilan savdo va hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

Tramp To‘qayev va Mirziyoyev bilan savdo va hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan savdo-sotiqni kengaytirish va hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoq platformasida yozdi.

"Bugun ertalab Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikkita ajoyib telefon orqali muloqot qildim. Biz davom etayotgan mojarolarda tinchlik o‘rnatish, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo va hamkorlikni kengaytirish muhimligini muhokama qildik. Ikki davlat bilan munosabatlar nihoyatda ijobiy", — deyiladi postda.

Tramp, shuningdek, AQSh kelasi yili Mayamida G20 sammitiga mezbonlik qilishini ma’lum qildi. Vashington Qosim-Jomart To‘qayev va Shavkat Mirziyoyevga tadbirda faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun taklifnoma yuborishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!