Donald Tramp tug‘ilgan kuni munosabati bilan butun dunyoda tinchlik o‘rnatilishini tiladi.
Jurnalistning “Tug‘ilgan kuningizga nima tilagan bo‘lardingiz?” degan savoliga javob berib, AQSh rahbari qisqa va aniq javob qaytardi:
“Butun dunyo uchun tinchlik.”
Trampning bu bayonoti xalqaro keskinlik davom etayotgan bir paytda aytilgan bo‘lib, u AQSh tashqi siyosatida tinchlik va diplomatiya ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rsatilayotganini yana bir bor ta’kidlaydi.